“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida o‘quvchilar o‘rtasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Yosh kimyogarlar” toʻgaragi tashkil etildi.
24-iyun kuni toʻgarak mashg`uloti Kimyo fani o‘qituvchisi N.Toshboyev tomonidan o‘tkazidi.
Toʻgarakda 15 nafar bilimli va faol o‘quvchi qatnashdi. Ular nazariy savollar, kimyoviy reaksiyalar tahlili, tajribalar va topqirlik talab qiluvchi bosqichlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Toʻgarak davomida o‘quvchilar real laboratoriya uskunalari yordamida kimyoviy tajribalar o‘tkazdilar. Bu nafaqat fanga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, balki ularda mantiqiy fikrlash, diqqat va aniqlik, amaliy ko‘nikma kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
Toshkent viloyati OTFIB 
