Oqqoʻrgʻon tumani 2-son politexnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida politexnikumda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu to‘garaklar iqtidorli va ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Kutubxonada esa — “Badiiy kitoblar kechasi” bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashib, she’rlar o‘qishdi hamda adabiyotga bo‘lgan cheksiz mehrlarini ifoda etdilar. Tadbir do‘stona muhitda, chinakam ijodiy ruhda o‘tdi.
Bunday tadbirlar Toshkent viloyatining barcha taʼlim muassasalarida qizgʻin davom etmoqda.