Домой / Без рубрики / “Dolzarb 90 kun” loyihasi Toshkent viloyati transport texnikumida amalda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi Toshkent viloyati transport texnikumida amalda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent viloyati transport texnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh dasturchilar” to‘garagi tashkil etildi.

O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida shaxmat-shashka to‘garagi faoliyat yuritmoqda.

To‘garak doirasida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar o‘zaro bilim va strategik yondashuvlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bellashuvlarda ishtirok etmoqdalar.