Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida har bir direktor bilan individual suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasalarida mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Boshqarma boshlig‘i dual ta’lim tizimini joriy etish jarayoni, amalga oshiriladigan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda dual ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.