YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Erta tug‘ruq va erta homiladorlikning oldini olish – qizlar salomatligi e’tiborda

Erta tug‘ruq va erta homiladorlikning oldini olish – qizlar salomatligi e’tiborda

Erta tug‘ruq va erta homiladorlikning oldini olish – qizlar salomatligi e’tiborda

Chirchiq shahar politexnikumida o‘quvchi qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq va erta homiladorlikning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida poliklinika shifokorlari ishtirokida davra suhbatlari va tibbiy ko‘riklar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Davra suhbati davomida shifokorlar tomonidan qizlarga reproduktiv salomatlik, gigiyena qoidalari, mas’uliyatli qaror qabul qilishning ahamiyati bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir jarayonida tarqatma materiallar, flayerlar va eslatma bukletlar orqali sog‘lom turmush tarzi, erta homiladorlikning tibbiy va ijtimoiy xavflari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida o‘quvchi qizlarning umumiy salomatlik ko‘rsatkichlari tekshirilib, zarur tavsiyalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — qizlarimizni ongli, sog‘lom va mas’uliyatli hayot sari yo‘naltirishdir.