Bugun Oʼrta Chirchiq tumani 1-son politexnikumida Germaniyaning “Sparkassenstiftung” tashkiloti tomonidan “Biznes va innovatsiya” mavzusida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun seminar o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga biznesni samarali yuritish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida xorijiy mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ta’lim tizimiga innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishning afzalliklari va istiqbollari haqida so‘z yuritdilar.
Seminar yakinida kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari tomonidan seminar mavzusi bo`yicha taqdimotlar otkazdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 




