InnoWeek-2025 innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligiga start berildi
“Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida oʻtkazilayotgan “InnoWeek–2025” innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligining ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.Umarova, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Maxkamova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar qatnashdilar.
“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi bu yil o‘z miqyosi va ishtirokchilar soni bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etilgan ko‘rgazmada innovatsion loyiha va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmada nafaqat O‘zbekiston, balki Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning innovatsion kompaniyalari va texnologik markazlari ham o‘z ilg‘or mahsulot va texnologiyalarini taqdim etmoqdalar.
Toshkent viloyati OTFIB 



