YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Iqlim o‘zgarishi — dolzarb mavzu”

“Iqlim o‘zgarishi — dolzarb mavzu”

14-noyabr kuni Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o‘quvchilari “Iqlim o‘zgarishi — dolzarb mavzu” nomli ma’rifiy tadbirda ishtirok etib, «Jadidchilik harakati»  mavzusida sahna chiqishi bilan barchaga o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.


O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi jadidlar faoliyati, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va bugungi avlodga qoldirgan ibratli merosi haqida bo‘lib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.


Tadbir davomida iqlim o‘zgarishi mavzusiga oid ma’lumotlar, ekologik xavfsizlik va yoshlarning mas’uliyati haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning sahna mahoratini, ekologik ongini va tarixiy merosga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi.
Faol ishtirok va sifatli chiqishlari uchun
109 — guruh Erkinova Durdona
111 —  guruh Abduhakimova Ruxshona
110 — guruh Tojiboyeva Feruza
104 — guruh Orunqulova Sevara
104 — guruh Karamaliyeva Moxiniso
104 — guruh Asanova Dilshoda
104 — guruh Kenjayeva Xusnora
o‘quvchilarimizga katta rahmat!