Домой / Без рубрики / Ishga taklif qilamiz

Ishga taklif qilamiz

                                                                                                    Ishga taklif qilamiz

 Chirchiq shahar politexnikumida yangi Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilmoqda

 Ushbu bo`limga 5 ta  vakant lavozimi e`lon qilinmoqda:

  1. Boʻlim boshligʻi;
  2. Oʻquv-uslubiy va metodik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis;
  3. Sifat va nazorat boʻyicha bosh mutaxassislar;
  4. Registrator ofisi mutaxassisi;
  5. Marketing boʻyicha menejer.

         Murojaat uchun:

Chirchiq shahar politexnikumi.

Manzil: Chirchiq shahri, 2-kichik nohiya, 22-uy.  Mo‘ljal: 10-avtobus yo‘nalishi, “Gulnora” bekati.

Telefon:   +(8370) 71 – 41 46 ;  + 998 91 771 60 10

Sayt : https://chirchiq-politexnikum.uz/

Chirchiq shahar texnikumida Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

xodimlarini asosiy lavozimlarining malaka talablari

  1. Boʻlim boshligʻi

Malaka talablari:

Oliy maʼlumot, oliy va kasbiy taʼlim tizimida (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji; Xorijiy tillardan birini Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 va unga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega boʻlishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etuvchi tashkilotlarning taʼlim jarayonini boshqarish va tashkil etish boʻyicha sertifikatiga ega boʻlishiga ustuvorlik beriladi.

  1. Oʻquv-uslubiy va metodik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis

 Malaka talablari:

Oliy maʼlumot, oliy va kasbiy taʼlim tizimida (pedagogik, oʼquv-tarbiyaviy, oʼquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) 2 yildan kam boʼlmagan amaliy ish staji;

Xorijiy tillardan birini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etuvchi tashkilotlarning taʼlim jarayonini boshqarish va tashkil etish boʻyicha sertifikatiga ega boʻlishi yoki xorijiy tillardan birini Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 va unga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega boʻlishiga ustuvorlik beriladi.

  1. Sifat va nazorat boʻyicha bosh mutaxassislar

  1. Registrator ofisi mutaxassisi

Malaka talablari:

Oliy maʼlumot, oliy va kasbiy taʼlim tizimida (pedagogik, oʼquv-tarbiyaviy, oʼquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) 1 yildan kam boʼlmagan amaliy ish staji;

  1. Marketing boʻyicha menejer