Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida fidoyi professor -oʻqituvchilarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ishtirok etib, ustozlarni samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u pedagoglarning fidoyiligi va sadoqati nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod taqdirini belgilashda ham beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini filial direktori A. Samadov hamda bir guruh professor-o‘qituvchilarga tantanali ravishda topshirdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


