YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berildi

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berildi

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berildi

Bugun, 8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti binosidan masofaviy shaklda faol ishtirok etdilar.

Shubhasiz, bunday keng qamrovli tashabbuslar talaba-yoshlar orasida sportga boʻlgan qiziqishni oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish hamda ularning jismoniy faolligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o’rnida, sport sinovlari oliy ta’lim muassasalarida      15-may kunidan boshlab qabul qilinib, uni topshirish uchun my.sport.uz (https://my.sport.uz/) platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.