YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Kasb tanla – kelajagingni yarat!“

«Kasb tanla – kelajagingni yarat!“

 Kasbiy ta‘lim agentligi tomonidan «Kasb tanla – kelajagingni yarat!“ shiori ostida «Kasbga Sayohat” – Ko‘chma Kasb tashviqoti loyihasi – Respublika kasb festivali tashkil etiladi.

➖ Bundan ko‘zlangan maqsad — yoshlar, xususan maktab o‘quvchilari orasida kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, zamonaviy va an’anaviy kasblarni interfaol usulda targ’ib qilishdan iborat.

Loyiha doirasida maxsus dizayndagi ko‘chma avtobuslar tayyorlanadi. Har bir avtobus ichida:

➖kasblar bo‘yicha interfaol stendlar,
➖VR texnologiyalari orqali “kasbni sinab ko‘rish” imkoniyati,
➖mini-laboratoriyalar,
➖video va o‘yin dasturlari,
➖ota-onalar bilan farzandlarini kasb tanlashlarida maslahat uchrashuvlari,
➖texnikumlar tomonidan ishlab chiqilgan, tayyorlangan mahsulot, oziq ovqatlar yarmarkasi (shuningdek, yarmarka mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati);
➖kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv seminari,
➖mutaxassislar, mashhur kasb egalari bilan jonli muloqot zonasi joylashadi.

Avtobuslar haftaning muayyan kunlarida tuman maktablariga borib, o‘quvchilarga amaliy ko‘rgazma o‘tkazadi.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

➖Qurilish va dizayn kasblari avtobusi – muhandislik, me’morchilik, ustachilik, payvandlash, 3D dizayn.
➖Tibbiyot va xizmat ko‘rsatish avtobusi – feldsher, hamshira, kosmetolog, laborator texnik.
➖Texnologiya va IT avtobusi – dasturlash, robototexnika, sun’iy intellekt.
➖Sanoat va avtomexanika avtobusi – avtomobilsozlik, mexanika, elektrotexnika.

Mazkur loyiha orqali 1 yil ichida 100 mingdan ortiq o‘quvchi kasb bilan amaliyot orqali tanishishi rejalashtirilgan.