YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta`lim tashkilotlarida har dushanba kuni “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazilmoqda

Kasbiy ta`lim tashkilotlarida har dushanba kuni “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazilmoqda

Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumida o‘quvchilar ishtirokida “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni politexnikum direktori U.I. Xudaynazarova ochib,                  21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘zbek tilining milliy qadri, tarixiy ildizlari hamda uni asrab-avaylash zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi B. Berdimuratova tilning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning boy ifoda imkoniyatlari hamda yoshlar orasida nutq madaniyatini rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.

Mazmunli  tarzda tashkil etilgan “Kelajak soati” yig‘ilishi o‘quvchilarda ona tiliga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.