YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta`limda dual ta`lim joriy etilmoqda

Kasbiy ta`limda dual ta`lim joriy etilmoqda

Chirchiq shahar xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi o‘z faoliyatida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda, texnikum “INFLOW” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu hamkorlik doirasida o‘quv jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan DUAL ta’lim tizimi joriy etilgan.

DUAL ta’lim tizimi asosida texnikumning 1-bosqich “Tikuvchilik” yo‘nalishi o‘quvchilari nazariy bilimlarni o‘quv maskanida, amaliy ko‘nikmalarni esa “INFLOW” MChJ xorijiy korxonasining ishlab chiqarish sexlarida bevosita o‘rganmoqdalar.


Mazkur tizim o‘quvchilarga real ish sharoitlarida tajriba orttirish, ilg‘or texnologiyalar bilan ishlash, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Natijada o‘quvchilar bitiruv vaqtiga kelib o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, mehnat bozorida faol ishtirok etishlari ta’minlanadi.