Домой / Без рубрики / Kasbiy ta’limda islohatlar

Kasbiy ta’limda islohatlar

Kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-158-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab professional ta’lim muassasalari negizida tashkil etiladigan texnikumlar belgilab berilgan.

Farmon asosida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga biriktirilgan bir nechta texnikumlardan biri — Angren shahar 1-son kasb-hunar maktabi  Angren shahar 1-son politexnikumi deb nomi o`zgaradi.

Angren shahar 1-son kasb-hunar maktabi direktori Farxod Ismoilov  bugun TDTU Olmaliq filiali direktori A.Samadov bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda  kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.