Angren kon-metallurgiya texnikumi Nishbosh ko‘mir koni bilan hamkorlikda Xenan Investment Group xorijiy kompaniyasi bilan o‘zaro tajriba almashish va amaliyot jarayonlarini takomillashtirish yo‘lida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Hamkorlik doirasida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish hamda konchilik va metallurgiya sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus texnikumda ta’lim sifati va amaliyot tizimini yanada kuchaytirish, yosh mutaxassislarni xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlashga xizmat qiladi.
Toshkent viloyati OTFIB 



