YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Angren shahar 2-son politexnikumi direktori F. Muminov hamda Belarus Respublikasining Kobrinsk davlat politexnik kolleji direktori L. Aleksandr o‘rtasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion loyihalar yaratish hamda kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida:
o‘qituvchilar va talabalar uchun stajirovka hamda malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi;
o‘quv-uslubiy materiallar, ilmiy ishlanmalar va ilg‘or tajribalar almashiladi;
kasbiy mahorat tanlovlari hamda kompetensiyalar bo‘yicha musobaqalarda birgalikda ishtirok etiladi.