YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy taʼlimda xalqaro hamkorlik

Kasbiy taʼlimda xalqaro hamkorlik

Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida  “Helvetas Swiss Intercooperation”ning (Shvetsariya) Oʻzbekistondagi filiali tomonidan “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida joriy yilning 4-6-noyabr kunlari “Turizm sohasida oʻzini oʻzi baholash jarayonlarini joriy etish hamda taʼlim sifatni taʼminlash” mavzusida seminar-trening o’tkazilmoqda.

Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova  hamda Bo`stonliq turizm va madaniy meros texnikumi mas’ul xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar o’z-o’zini baholash tizimi orqali sifat madaniyatini shakllantirish bo’yicha tajribalar almashishmoqda, erishilgan natijalar muhokama qilinmoqda va kelgusidagi rivojlanish yo’nalishlari belgilab olinmoqda.