YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Ayni kunlarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova va Bekobod shahar texnikumi direktori hamda ikki nafar o’qituvchilar Xitoyning Jilin shahrida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

 

 

 

 

 

 

Tashrif doirasida Bekobod shahar politexnikumi va Xitoyning Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU) o‘rtasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bilim va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar istiqboldagi qo‘shma loyihalar, innovatsion tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasida fikr almashishdi.

Muloqot yakunida boshqarma boshlig‘i N. Kulbekova va universitet rektori, professor Cai Guowei o’zaro hamkorlik memorandumni imzoladilar. Mazkur hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt, shuningdek, akademik mobillik dasturi doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni nazarda tutadi.

 

Ushbu memorandum Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ilmiy-texnik salohiyatni oshirish hamda zamonaviy bilim va innovatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.