Kitoblar karvoni Oqqo‘rg‘onda!
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yurtimiz bo‘ylab yo‘lga qo‘yilgan “Kitoblar karvoni” tashabbusi doirasida yangi kitoblar to‘plami barcha Axborot-resurs markazlariga yetkazilmoqda.
Bugun ushbu karvon Oqqo‘rg‘on tumanida katta hayajon va quvonch bilan kutib olindi. 27 turdagi yangi kitoblar to‘plami tumanimizning kitobsevar yoshlari uchun chinakam tuhfa bo‘ldi!
Tadbirda Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim va faolliklari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar. Ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, barcha yoshlarni “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz!
Toshkent viloyati OTFIB 


