Qibray tuman politexnikumi o‘quvchilari “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida adib Said Ahmadning “Ufq” romaniga bag‘ishlangan adabiy muhokama tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar asar mazmuni, obrazlar tahlili hamda yozuvchining hayotiy haqiqatni badiiy ifodalash mahorati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ushbu tadbir o‘quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otdi, ularning tahliliy fikrlash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.