YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hududiy boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 351-sonli “Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari hamda tizim tashkilotlarida 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida, mazkur ta’lim muassasalarining kuz-qish davrida barqaror ishlashiga doir chora-tadbirlar holati ko‘rib chiqildi.

Xususan, talabalar turar joylaridagi xavfsizlik tizimi, issiq va sovuq suv bilan ta’minot, hamda yotoq joylari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.