O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, nosir va pedagog Mahmudxo`ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi PQ-462-son Qarori, Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025-yil 8-yanvardagi 01-12-54-son xati ijrosini ta`minlash maqsadida 16-yanvar kuni Bo`stonliq tuman 2-son politexnikumi o`quvchilari Gazalkent shahrida joylashgan Markaziy kutubxonaga tashrif buyurdilar.
Tashrif jarayonida Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan adabiyot va kitobxonlik kechasi bo`lib o`tdi. O`quvchilar o`rtasida “Mahmudxo`ja Behbudiy saboqlari” mavzusida savol-javob o`tkasildi.