“Helvatas Swiss Intercooperation”ning O`zbekistondagi filiali tomonidan “O`zbekistonda kasbiy ta`lim islohotlarini qo`llab quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida joriy yilning 29-sentabr kuni “Mehmonxona xo‘jaligi sohasida dual ta’lim dasturini amalga oshirish” mavzusida seminar-trening bo`lib o`tdi.
Seminar-treningni VET4UZ loyiha rahbari Simone Strasburger ochib berdi.
VET4UZ loyihasi bosh eksperti Shuxrat Kamolov “Kasbiy ta`limning ahamiyati va dolzarbligi” mavzusida taqdimot o`tkazdi.
“O`zbekistonda dual ta`limning amaldagi holati, dual ta`limda tomonlarning imkoniyatlari, huquqlari va majburiyatlari haqida taqdimotni Professional ta`limni rivojlantirish instituti bo`lim boshlig`i Abdumalik Madjitov o`tkazdi.
Seminar-treningda viloyatlar Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas`ul xodimlari, Turizm va madaniy meros texnikumlarni direktorlari va o`qituvchilari, turizm sohasida ish beruvchilar ishtiroq etdilar.
Ishtiroqchilar tomonidan Dual ta`lim ishchi o`quv reja va o`quv jarayoni grafigi tahlil qilinib tavsiyalar berildi hamda trning yakunida Dual ta`lim tizimini tashkil etishdagi muammolar va ularni yechimi bo`yicha takliflar berildi.
Seminar-treningda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova, Bo`stonliq turizm va madaniy meros texnikumi direktori C.Bekmuratov, texnikum o`qituvchilari va ish beruvshilar faol ishtiroq etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 



