Toshkent davlat agrar universitetida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan «Mening agrostart up loyiham» nomli tanlovi yakunladi.
Bugun tanlovning 3-kuni yani yakuniy final bosqichi bo`lib o`tdi.
Final bosqichida 100 nafar talaba yoshlardan 20 nafari turli nominatsiyalar bo‘yicha g’olib deb topildi.
Tanlovda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova ishtirok etib, yuqori natijalarni egallagan talabalarni taqdirladi.
Tadbirda Koreya davlati FIRMMIT kompaniyasi direktori Sun Kee Park «Qishloq xo’jaligida IT ning o’rni» mavzusida ma’ruza qildi.