“Milliy kun” – Yurtimiz qadriyatlariga hurmat nishonasi
Mamlakatimizda har hafta juma kuni “Milliy kun” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Olmaliq kon metallurgiya texnikumi o’quvchi-yoshlari o’rtasida joriy yilning 24-oktyabr kuni “Milliy qadriyatlar kuni” va “Milliy liboslar kuni”ni mavzularida milliy liboslar ko‘rgazmalari tashkil etildi.Ushbu tadbirda milliy qadriyatlarimizni e’tirof etish uchun she’r va raqslar hamda “kelin salom”, “alla”, “lapar”lar ijro etildi.
Toshkent viloyati OTFIB 


