Домой / Без рубрики / «Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi

«Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi

2025-yil 7-fevral kuni Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi bo‘limi mutaxassisi M.Jabborov, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi mudiri Sh.Kamilova va bosh mutaxassisi A.Abdukadirov  ishtirok etdilar.

Seminarda «Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanlovining ahamiyati, yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida fikr va mulohazalar bildirildi.