Домой / Без рубрики / “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Angren shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Angren shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Yurtimizning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Angren shahar bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu nufuzli tanlovda bilim va iste’dodini namoyon etgan eng sara yoshlar saralab olindi.

Natijalarga ko‘ra, shahar bosqichida yuqori natija qayd etgan besh nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Ular o‘z mahoratini keyingi bosqichda sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, eng yaxshi deb topilgan 5 nafar g‘olib BHMning 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu tanlov yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga turtki berish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.