Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Angren universitetida “Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir buyuk mutafakkir merosini e’zozlash, uning adabiy va ilmiy faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etdi va so‘zga chiqib, talaba yoshlarni Navoiy ijodini chuqur o‘rganishga, uning asarlaridan ibrat olishga chaqirdi. Boshqarma boshligʻi o‘z nutqida Navoiy merosi nafaqat adabiyot, balki ilm-fan va ma’naviyat uchun ham beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi hamda yoshlarga yuksak ma’naviyatli, bilimli va izlanuvchan bo‘lishlarini tiladi.
Tadbir davomida talabalar Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qib, uning hikmatli so‘zlaridan ilhomlangan ijodiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi. Mushoira va ma’ruzalar bilan boyitilgan ushbu kecha barchada katta taassurot qoldirdi.