YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Nurafshon Business City” hududida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

“Nurafshon Business City” hududida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

“Nurafshon Business City” hududida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ko‘rsatgan mardlik va jasorat, shuningdek, mustaqillik yillarida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida namoyon etilgan fidokorona xizmatlarni yodga soluvchi, 1,5 gektar maydonda barpo etilgan “Vatanparvar” bog‘i tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, faollar ishtirokida Vatandoshimiz Zulfiya aya Zokirova va uning oilasi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova boshchiligida boshqarma xodimlari, viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida haykal poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Shu daqiqalarda Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan aziz insonlar xotirasi oldida chuqur hurmat va yuksak ehtirom bajo keltirildi.