Bugun mahalliy ish beruvchilar bilan dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlash hamda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha Respublika seminari doirasida Nurafshon shahrida “Bu bogʻlar — bir bogʻlar boʻladi” shiori ostida Ziyolilar bogʻining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar yaqinda tashkil etilgan “Vatanparvar” bogʻida kutib olindi.
Shundan soʻng bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari, respublikamizdagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, ziyolilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari va samimiy tilaklarini bildirdilar.
Dastur doirasida respublika seminari O‘rta Chirchiq tumani va Angren shahrida davom ettirildi.
Toshkent viloyati OTFIB 








