Joriy yilning 27-sentyabr kuni Oʻrta Chirchiq tuman 2-son politexnikumida «Yangi oʻquv yili yangi imkoniyatlar» mavzusida ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda taʼlim muassasa direktori yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, maʼnaviy ahloqiy tarbiya va ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish haqida soʻzladi.
Oʻrta Chirchiq tumani IIB VYMB inspektor — psixologi katta leytenant G.Allayorova «Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish» mavzusida maʼruza qildi.
Yigʻilish soʻngida taʼlim muassasadagi imkoniyatlar haqidagi videorolik namoyish etilib ota-onalar bergann savollariga toʻliq javoblar berildi.
Toshkent viloyati OTFIB 
