YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O‘rta Chirchiq tumani 2-son politexnikumida viloyatda kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘rta Chirchiq tumani 2-son politexnikumida viloyatda kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘rta Chirchiq tumani 2-son politexnikumida viloyatda kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova,, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari hamda kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda kasbiy ta’limdagi mavjud muammolar, o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan bog‘lash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasblarni o‘quv dasturlariga kiritish, dual ta’limni kengaytirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.