O‘rta Chirchiq tumanida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanasi!
43-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayrami ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar birgalikda yangi bilimlar sari ilk qadamni tashladilar.
Viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, maktab jamoasiga hamda o‘quvchilarga ezgu tilaklarini yo‘lladi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tgan ushbu bayramona lahzalar bolalar qalbida unutilmas xotira bo‘lib qoldi.
Toshkent viloyati OTFIB 



