YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasidagi forum yakuni.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasidagi forum yakuni.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasidagi forum yakuni.

2025-yil 3-noyabr kuni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik forumi dasturi yakuni 3 ta seksiya asosida:
1-seksiya: «Oliy ta’lim va fan»
2-seksiya:  «Kasbiy ta’lim»
3-seksiya: «Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi» dan iborat bo‘lib, ushbu
seksiyalarda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Respublikasi Oliy ta’lim muassasasalari va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari har bir seksiya doirasidagi mavzularda taqdimotlar namoyish etdilar.

Jumladan 2-seksiya «Kasbiy ta’lim» doirasida ikkita  davlatning  bir qator kasbiy ta’lim muassasalari  rahbarlari tomonidan dolzarb mavzularda taqdimot namoyish etildi.

Shular qatorida Toshkent viloyati Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Sayimov Maxmud Tolibovich «O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashda Xitoy — O‘zbekiston hamkorligini yo‘lga qo‘yish» mavzusini batafsil yoritib, bunda
-O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ahamiyati;
-Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari;
-Xitoy O‘zbekiston munosabatlarining umumiy tahlili  haqida  taqdimot namoyish etdi.

O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan hamkorlik forum  muvafaqqiyatli  yakunlandi.