YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ochiq dars mashg’uloti oʻtkazildi

Ochiq dars mashg’uloti oʻtkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son politexnikumida «Qishloq ho’jaligi va texnik fanlar» kafedrasi maxsus fan o’qituvchisi, tajribali pedagog Baxtiyor Tursunov tomonidan Qishloq ho’jaligi moshinalari fanidan «Tuproqqa ishlov berish moshina va qurollarini turkumlash» mavzusida 1-bosqich «Traktor-mashinist» yo’nalishi 46-24-guruh o’quvchilari bilan ochiq dars mashg’uloti oʻtkazildi.

Ochiq dars mashg’ulotida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanildi. Innovatsion texnologiyalar, ilgʻor pedagogik metodlar oʻquvchilarni dars mashgʻulotlariga yanada qiziqtirib, ularning faolliligini oshirdi.

Ochiq dars mashg’uloti oʻquvchilar uchun maroqli, munozaralarga boy oʻtdi, shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, ilg’or pedagogik texnologiya asosida tashkil qilingan darslar o’quvchilarning fan bo’yicha bilimlarining yaxlit o’zlashtirilishiga xizmat qiladi. O’quvchi tafakkurini o’stiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatadi hamda nazariy va amaliy ko’nikmalarini oshirishga hizmat qiladi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.