YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ohangaron shahar Yoshlar texnoparkida “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ohangaron shahar Yoshlar texnoparkida “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ohangaron shahar Yoshlar texnoparkida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshchiligida “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 10 nafar yosh ixtirochi o‘zining ilg‘or ishlanmalarini taqdim etdi. Unda energiya tejamkor texnologiyalar, ekologik toza mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy qurilmalar hamda IT yechimlari namoyish qilindi.

Hakamlar hay’ati eng istiqbolli ishlanmalarni saralab, ularni respublika bosqichiga tavsiya qildi. Ayniqsa, suvni tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda insonlarn hayotini yengillashtiruvchi innovatsion g‘oyalar alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ushbu ko‘rgazma yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni yangilik yaratishga, tashabbus ko‘rsatishga muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.