2025-yil 20-sentabr kuni Qibray tuman politexnikumi «Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi» kasbi DT-57-25, DT-58-25, DT-46-24, DT-47-24 guruh o’quvchilari Chirchiq davlat pedagogika Universiteti «Axborot texnologiyalari va sun’iy intelekt» kafedrasi professor-o’qituvchilari hamkorligida o’quv-amaliyotlari bo’lib o’tdi.
Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari kundalik hayotimiz hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank-moliya tizimi, transport, axborot va davlat boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ajralmas vositaga aylanib bormoqda. Shuning uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini barcha sohalarga joriy etish va mavjud axborot tizimlarini intellektual yechimlar asosida modernizatsiya qilishda mutaxassislarni jalb etish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhim hisoblanadi.
Toshkent viloyati OTFIB 
