YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oliy ta`limda xalqaro hamkorlik

Oliy ta`limda xalqaro hamkorlik

Belarus Respublikasi ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga tashrifi davomida Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi.

Belarus Respublikasi ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich Inno texnopark bosh direktori Mansur Sultonov va institutning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Qahramon Olimov ishtirokida Texnopark bazasidagi zamonaviy dastgoxlarga ega bo‘lgan o‘quv ustaxonasida “Mashinasozlik texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 1 kurs talabalariga dual ta’lim shaklida olib borilayotgan o‘quv amaliyoti, shuningdek “Metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati” hamda “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishlari 4 kurs talabalariga mutaxassislik fanlaridan o’tkazilayotgan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishdi.


Talabalar bilan suhbatlashib, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlari, olib borilayotgan mashg‘ulotlar to‘g‘risida muloqot qildi va bir qator tavsiyalar berdi.