YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oqqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumda viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi

Oqqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumda viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi

 

 

Oqqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N. Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarlik, qabul jarayonlari, o‘quvchilar davomati, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori — “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.;

Yakunda boshqarma boshlig‘i ta’lim sifatini oshirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish hamda bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.