«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli hududiy ko‘rik-tanlov Olmaliq shahar politexnikumida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov yoshlarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlarini namoyon etdi, balki o‘z loyihalarini taqdim etish orqali ijodiy mahoratlarini ham ko‘rsatdi. Natijalar: 1-o`rin — …
BatafsilYangiliklar
«Milliylik qonimizda!» chellenji boshlandi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida «Milliylik qonimizda!» chellenjini boshlaydi. Viloyat boshqarmasi chellenjni davom ettirish uchun Olmaliq kon-metallurgiya texnikumiga navbatni topshiradi.
BatafsilOLIY TA’LIMGA TARG’IBOT
2025-yil 11-fevral kuni Qibray tuman politexnikumi bitiruvchi o’quvchi-yoshlariga Toshkent shahridagi MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali hodimlari tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Batafsil«Lukbo textile» korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi
Bugun Chirchiq shahar politexnikumi oʻquvchi-yoshlari uchun «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda yoshlarning tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ularda biznes yuritishdagi ilk tasavvurlarini uyg’otish maqsadida, Chirchiq shahridagi «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” …
BatafsilChirchiq davlat pedagogika universitetida Giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha 2024-2025-yillarga mo’ljallangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning talabalar shaharchasida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarga Prezident administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazni mas’ul xodimi Ro’zimurodov Bekzod Gulmuratovich, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi etakchi mutaxassisi S.Turayev va Toshkent viloyati narkolog vrachi ishtirok etdilar. Ishtirokchilar yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashishda profilaktik …
Batafsil“Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Angren universitetida “Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir buyuk mutafakkir merosini e’zozlash, uning adabiy va ilmiy faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etdi va so‘zga chiqib, talaba yoshlarni Navoiy ijodini chuqur o‘rganishga, uning asarlaridan ibrat …
Batafsil«Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi
2025-yil 7-fevral kuni Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi bo‘limi mutaxassisi M.Jabborov, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi mudiri Sh.Kamilova va bosh mutaxassisi A.Abdukadirov ishtirok etdilar. Seminarda «Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanlovining ahamiyati, yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini …
BatafsilYangiyo‘l tumanida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
Yangiyo‘l tumanidagi CHIIK «ENTER STEEL» MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi B.Mirzayev va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda ish beruvchi korxona vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda korxonalar uchun malakali …
BatafsilPiskent tumanida dual ta’lim tizimi afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Piskent tumanidagi “ZEYNEP TEX” MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi S.To‘rayev, Piskent tumanidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda hududdagi ish beruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi. Seminarda dual ta’lim tizimining ustunliklari, uning o‘quvchilar uchun ahamiyati va ishlab chiqarish jarayonidagi roli batafsil tushuntirildi. Xususan, bu tizim …
BatafsilDual ta’lim tizimini joriy etish jarayoni tahlil qilindi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida har bir direktor bilan individual suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasalarida mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Boshqarma boshlig‘i dual ta’lim tizimini joriy etish jarayoni, amalga oshiriladigan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, …
BatafsilYANGI YONDASHUVLAR MUHOKAMASI
Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni toʻgʻri yoʻnaltirish, talabgor kasblarga oʻqitish, taʼlim muassasalarida dual taʼlimga eʼtiborni kuchaytirish bugungi kunda gʻoyatda dolzarb masaladir. Chirchiq shahridagi “Inflow“ MCHJ XK korxonasida dual taʼlim imkoniyati va istiqbollariga bagʻishlangan amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbirda shahar hokimi M.Abdurahimov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi L.Gafarova, kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda maʼlum toifadagi mutaxassislik boʻyicha kadrlarga talabgor …
BatafsilAngrenda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan «Angren EIZ» direksiyasida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova, direksiya rahbari G‘.Eshmirzayev, shahar hokimi oʻrinbosarlari S.Anarboyev, J.Zayniddinov hamda Angren shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish va amaliyotga yo‘naltirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish …
Batafsil“Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
“Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi! 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2025” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 28 nafar sportchi-talaba ishtirok etdi. O‘yinlar murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, yakunda g‘oliblar aniqlandi. Talaba-yigitlar o‘rtasida …
Batafsil«Worldskills» kasblar chempionatida Forum o`tkazildi
30-yanvar kuni Samarqand shahrida «Worldskills» V Milliy kasblar chempionatida Forum bo`lib o`tdi. Forumda chet el rivojlangan davlatlardan tashrif buyurgan bir qancha mehmonlar qatorida O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim tashkilotlari nomidan Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Sayimov Maxmud Tolibovich so‘zga chiqib, xorijiy davlat delegatsiyasi va chempionat qatnashchilariga tizimda olib borilayotgan islohatlar, jumladan, Olmaliq tibbiyot texnikumida ta’lim sifatini oshirish …
BatafsilQibray politexnika texnikumi o‘quvchilari AKITAga tashrif buyurdi
30-yanvar kuni Qibray politexnika texnikumi o‘quvchilari AKITAga tashrif buyurdi. Dasturiy apparat sozlivchisi DT-47-24-guruh o`quvchilari, maxsus fan o`qituvchisi A.Abdurasulova boshchiligida, o`quv amaliyotida kasbga bo`lgan qiziqishlarini yanada ko`proq o`rganishda AKITA Astrum akademiyasiga tashrif buyurdi. O`quvchilar uchun kampus bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda universitet va uning fakultetlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. O‘quvchilar ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va kelajak kasblari haqida ko‘proq ma’lumot …
Batafsil