Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati tartibga solindi Hukumat qarori (245-son, 19.04.2025 й.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi. ✅Jamg‘arma mablag‘lari …
BatafsilYangiliklar
Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
Toshkent shahrida Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Assotsiatsiya raisi etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov saylandi. Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46733
BatafsilOhangaron tuman 2-son politexnikumida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayl tashkil etildi
Milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish, ularni urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ohangaron tuman 2-son politexnikumida «Sumalak sayli» tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida politexnikum o‘quvchilari milliy kiyimlar kiyib, milliy taomlar tayyorladi. Sayl jarayonida o‘quvchilar milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatini amaliy harakatlari bilan namoyon etdilar. Tadbir samimiy muhitda, o‘quvchilar va ustozlarning faol ishtirokida o‘tdi va yoshlarning milliy o‘zlikni anglashiga xizmat qildi. …
BatafsilOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Bekobod tumanida bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Toshkent viloyati Bekobod tumani politexnikumida bo‘lib, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova hamrohligida, ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Politexnikumda mavjud muammo va dolzarb masalalar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish, hamkor korxonalar bilan …
BatafsilХalqaro hamkorlik memorandumi imzoladi
Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida “Xekslet” ta’lim muassasasi bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzoladi. Mazkur memorandum doirasida Piskent tumanidagi 1-sonli politexnikum bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik axborot texnologiyalari, xususan, dasturiy injiniring va kompyuter tizimlari yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim jarayonlari sirtqi, masofaviy va dual shakllarda …
BatafsilBugun «Ekologiyaga oid bilimlar kuni» nishonlandi
Joriy yilning 15-aprel kuni Bo’stonliq tuman 2-son politexnikumi yoshlari o’rtasida Respublikamizda «Ekologiyaga oid bilimlar kuni» nishonlanishi munosabati bilan ekologiyaga oid qiziqarli viktorinalar o’tkazildi. Òquvchilarning ekologiyaga oid fikrlari tinglandi va ularga ekologiyaga oid ma’lumotlar berildi.
Batafsil15-aprel — Xalqaro ekologiyaga oid bilimlar kuni
Bugun, 15-aprel — Xalqaro ekologiyaga oid bilimlar kuni! Bu kun ekologik ta’limning ahamiyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan global tashabbus sifatida nishonlanadi. Nima uchun bu kun muhim? Ekologik bilimlar — barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishning asosi. Barcha insoniyat uchun zarur bo‘lgan bu bilimlarni oshirish orqali biz tabiatni asrashga hissa qo‘shishimiz mumkin. Bugun nima qilish mumkin? ▫️ Ekologik bilimlarni oshirish: iqlim …
BatafsilFutbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi
Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi Joriy yilning 9-14-aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalarining futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Bu yilgi musobaqaga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi. Futbol boʻyicha final bosqichi oʻyinlari natijasi quyidagicha boʻldi: 1-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi; 2-o‘rin …
Batafsil“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2025-yil 14-aprel kuni Ohangaron tuman 2-son politexnikumda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Ohangaron tuman hokimligi din ishlari bo’yicha mutaxassis SH.Suvonov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo’linmasi rahbari N. Merganova, Ohangaron tuman hokimligi nuroniy jamg’armasi rahbari G. Huseyinov ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar jaholatning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashda ma’rifatning o‘rni haqida fikr almashdilar. Shuningdek, …
BatafsilTDAU va Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi
TDAU va Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida “Kelajakka qadam” markazi ish boshladi. Mazkur markaz orqali bitiruvchi talabalar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni puxta loyihalash va qulay …
BatafsilKasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi boshlanganini e’lon qilamiz TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI! 1⃣- bosqich — aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida; 2⃣- bosqich — may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida; 3⃣- bosqich — iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida. Raqamli ta’lim resurslari …
BatafsilOʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi Bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi. Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2025-yil 21–25-aprel kunlari attestatsiyadan oʻtkazilаdi. Pedagog kadrlarini test sinovlaridan …
Batafsil,,Sport va milliy o’yinlar festivali» bo’lib o’tdi
Ohangaron tuman 2-son politexnikumida 11-aprel kuni ,,Sport va milliy o’yinlar festivali» bo’lib o’tdi. Tadbirda 100 nafar o’quvchi ishtirok etdi.
BatafsilАнгрен университетида «Педагогика ва тиллар» факультети талабаларини ўқув амалиётининг ҳисоботи бўлиб ўтди
Ангрен университетида «Педагогика ва тиллар» факультети бошланғич таълим йуналиши БТ-110, 111 ва 112-гуруҳ талабаларини 2024-2025 ўқув йили VI-семестрдаги ўқув малакавий амалиётининг ҳисоботи бўлиб ўтди. Тадбирни таълим муассасанинг ўқув ишлари бўйича проректори Мирбаббос Махмудов очиб берди. Ҳар бир гуруҳ амалиёт бўйича ўзининг ҳисоботини баён қилди. Сўнг ҳар бир гуруҳ ўзбек халқ оғзаки ижодига таяниб эртак, масалларни театрлаштириб, қадимий ўзбек мусиқа асбоби …
BatafsilNurafshonda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Nurafshon shahrida ikki kun davom etadigan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Tadbirda 10 dan ortiq tarmoq va vazirlik, shuningdek, Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sanoat korxonalari o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Toshkent viloyatidan esa 300 dan ziyod sanoat korxonasi 2,5 mingdan ortiq mahsulot turlari bilan ishtirok etishmoqda. (https://toshkentviloyati.uz/news-detail/nurafshonda-hududiy-tarmoqlararo-sanoat-yarmarkasi-ish-boshladi) Mazkur yarmarkada viloyatdagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda …
Batafsil
Toshkent viloyati OTFIB