YANGILIKLAR

Yangiliklar

Professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Qonunchilikka ko‘ra: ✅ Professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga; ☑️ Professional ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan, malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o‘rta ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali …

Batafsil

Қизлар даврасида

1-апрел куни Тошкент вилояти Янгийул туман 2-сон касб-хунар мактабида «Қизлар даврасида» «Оила ва турмушга тайёрлаш» мавзусида давра сухбати ва психологик семинар-тренинг бўлиб ўтди. ❇️ Семинарда Янгийул туман «Оила мактаби»қошидаги ижтимоий хоналар етакчи мутахассиси М.Умрзокова, Чанг-тепа МФЙ хотин-қизлар фаоли Ф.Мадисаева, Тинчлик оилавий поликлиникаси тиббиет ходими М.Носирова ҳамда маҳалла фаоллари иштироқ этдилар.

Batafsil

Референдум ва ёшлар

Референдум ва ёшлар 31 март куни Тошкент вилояти  Бўстонлиқ туман 1-сон касб-ҳунар мактаби ўқитувчи ва ўқувчилари Бўстонлиқ туман ҳокимлиги ташаббуси билан «Референдум ва ёшлар» шиори остида ўтказилган тадбирда фаол қатнашдилар.

Batafsil

Referendum–2023: Kelajaging uchun ovoz ber

Toshkent viloyati Bekobod shahar kasb-hunar maktabida 30-mart kuni “Referendum–2023 Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” tadbiri o’tkazildi. ✅ Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi targ’ibot guruhi vakili Orziyev Tolibjon Nazarovich ishtirok etdi.

Batafsil

O’ZBEKNING O’CHMAS MILLIY QADRIYATLARI

30-mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida o’quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida «O’zbekning o’chmas milliy qadriyatlari» deb nomlangan ma’naviy marifiy tadbir bo’lib o’tdi. ❇️ Tadbirda Oqqo’rg’on tuman IIB xohimi D.Fayziyeva, Respublika ma’naviyat va ma’arifat markazi Oqqo’rg’on tuman bo’linmasi rahbari M .Nodirovalar ishtirok etdilar.

Batafsil

Ona yurtim maskanlari urf — odatlari, udumlari

30 mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’quvchi yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida «Ona yurtim maskanlari urf — odatlari, udumlari» mavzusida milliy sayl bo’lib o’tdi. ❇️ Saylda urf odatlarimiz bo’lgan «Kelin salom», milliy raqs va qoshiqlar ,laparlar ijro etildi. Shu bilan birga guruhlar o’rtasida sport musobaqalaridan: milliy kurash, arqon tortish musobaqalari barcha ishtirokchilarda katta ta’ssurot …

Batafsil

Referendum — 2023

29-mart kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumga bag‘ishlangan davra suhbati o’tkazildi. ❇️ Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Begzod Jalilov, Olmaliq shahar Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Ro‘ziyev Baxtiyor, Olmaliq shahar Adliya bo‘limi Yuridik hizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti Matluba Ashurova hamda kasb-hunar maktabining barcha hodimlari ishtirok etdi.

Batafsil

REFERENDUM VA YOSHLAR

28-mart kuni Toshkent viloyati Angren pedagogika kollejida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida hamda «Referendum va yoshlar» mavzusida tadbir o’tkazildi. ❇️ Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida tushuntirishlar berildi. ✅ Tadbirda Angren shahar Adliya bo’limi boshlig’i Qalandarov O.R, Bosh yurist konsulti Xusanov R.X, o’qituvchi va o’quvchi yoshlar ishtirok etdi. …

Batafsil

Давлат харидларини ташкил этиш

29 март куни Ўртачирчиқ агросаноат ва транспорт касб-ҳунар мактаби биносида Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқармаси томонидан барча вилоят профессионал таълим муассасалари директорлари, молия ва иқтисодиёт ишлари бўйича директор ўринбосарлари, бош ҳисобчилари ва кадрлар бўйича инспекторларига “Давлат харидларини ташкил этиш” мавзусида семинар ўтказилди. ❇️ Семинарни Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқарма бошлиғи …

Batafsil

Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

29-mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida tadbir o’tkazildi. ❇️ Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. ✅ Tadbirda Oqqo’rg’on tuman Adliya bo’limi mutaxasssislari V.Farmonqulov, A.Boboyorovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o’qituvchilarning savollariga mutahassislar tomonidan javob berildi.

Batafsil

Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy qoʻllab quvvatlash

Toshkent viloyati Ohangaron tumani pedagogika kollejida 29 mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti bilan hamkorlikda «Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy qoʻllab quvvatlash» mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi. ✅ Seminarda kollej o’qituvchilari va 23-sonli DMTT tarbiyachilari qatnashdi. Ishtirokchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Batafsil

Яшил макон амалда

Жорий йилнинг 28 март куни Тошкент вилояти Қуйи Чирчик тумани «ТСТ agro claster» МЧЖ ҳудудида Презиндент ҳузуридаги Пахтачилик кенгаши Тошкент вилояти ишчи гуруҳи ва Олий таълим, фан инновация вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқармаси ҳамкорлигида «ЯШИЛ МАКОН» умуммиллий лойиҳаси буйича кўчат экиш тадбирлари давом этмоқда.

Batafsil

Milliy o’yinlar — salomatlik garovi

Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida 28- mart kuni «Milliy o’yinlar — salomatlik garovi» shiyori ostida o’g’il bolalar o’rtasida sport o’yinlari bo’lib o’tdi. Musobaqada o’quvchilar : 1-Tosh ko’tarish; 2-Arqon tortish; 3- Lanka ; 4- Merganlik ; 5- Quvnoq startlar shartlari bo’yicha berlashdilar. Musobaqa yakunida I- bosqich 22-23 guruh “Avtomabillarni ta’minlash chilangari” yo’nalishi guruh o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Batafsil

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qibray tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarorida 2022-yildan boshlab har yili iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish belgilangan. Shunga asosan, 27-mart sanasida Qibray tumani Toshkent davlat Agrar universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Qibray tuman bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra …

Batafsil

Джун Ри До бўйича “Tashkent OPEN -2023” Халқаро чемпионати

25-26 март кунлари Тошкент вилояти «Мумтозбегим Шохсаройи» таълим кластери ўқувчилари Джун Ри До бўйича “Tashkent OPEN -2023” Халқаро чемпионатида иштироқ этиб 7 нафари ғолиб бўлдилар ва нуфузли ўринларни олдилар, улардан 4 та олтин, 1 та кумуш ва 2 та бронза медалларни қўлга киритдилар.  Ғолибларни ушбу ютуқлари билан чин кунгилдан табриклаймиз ва омадлар тилаб қоламиз!

Batafsil