24-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Piskent tuman 1-son politexnikumida bir nechta fan va kasbiy yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Adabiyot fanida o‘quvchilar badiiy asarlarni tahlil qilish, obrazlarni tushunish va ifodali o‘qish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi.
Rus tili to‘garagida talaffuz, so‘z boyligini oshirish va gap tuzish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.
Melioratsiya yo‘nalishida esa yer-suv resurslari, sug‘orish tizimlari va ekologik muvozanat mavzulari muhokama qilindi.
56 nafar o‘quvchi ushbu to‘garaklarda faol ishtirok etdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


