Piskent tumanidagi “ZEYNEP TEX” MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi S.To‘rayev, Piskent tumanidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda hududdagi ish beruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda dual ta’lim tizimining ustunliklari, uning o‘quvchilar uchun ahamiyati va ishlab chiqarish jarayonidagi roli batafsil tushuntirildi. Xususan, bu tizim yosh mutaxassislarga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish va korxonalarni malakali kadrlar bilan ta’minlashga muhim omil ekani ta’kidlandi.