Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova Yangiyoʻl shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida, Yangiyoʻl shahar 1-son va Yangiyoʻl shahar 2-son kasb-hunar maktablarida bo’lib, ta`lim muassasalarining o‘quv binosi, axborot-kutubxona markazi hamda o‘quv labaratoriya xonalarining holatini o‘rgandi.
✅ Boshqarma boshlig’i muassasada 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish masalasiga alohida toʻxtalib, o’quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xonalarni maxsus jihozlar bilan taʼminlash hamda adabiy-badiiy kitoblarni ko’paytrish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsartmalar berdi.