Домой / Без рубрики / Professional ta`limda dual ta’lim joriy etilmoqda

Professional ta`limda dual ta’lim joriy etilmoqda

Chinoz tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari dual ta’lim dasturi doirasida  ishlab chiqarish korxonasida  bo‘lib uning ish faoliyati bilan tanishdilar.

Ushbu tadbirning maqsadi o‘quvchilarga kasb-hunarni rivojlantirish va kelajakda etuk mutaxassislarga aylanishlari uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat edi.

O‘quvchilar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ular mutaxassislardan professional ko‘nikma va bilimlarni olib, ishlab chiqarish syexlaridagi jarayonlarni kuzatdi. Bu amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ishlash tajribasini oshirishga, shuningdek, kasbiy malakalarini mustahkamlashga katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu tadbir, o‘quvchilar uchun yangi bilimlar olish va ish bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun zaruriy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.