Домой / Без рубрики / Qabul jarayonlari boshlanadi

Qabul jarayonlari boshlanadi

Qabul jarayonlari boshlanadi

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo’lib o’tishi belgilangan. Shunga muvofiq, nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

Davlat OTMlarida qabul quyidagi sanalarda boshlanadi: (https://t.me/Oliygohlar_minbari)

Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)

my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)

magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)

my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)

transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;

my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga. (https://t.me/Oliygohlar_minbari)

 

Sirtqi ta’lim tugatildi. Endi nima bo‘ladi?

◾️ Bu yildan boshlab sirtqiga qabul bo‘lmaydi.

Uning o‘rniga kunduzgidan tashqari boshqa ta’lim yo‘nalishlariga qabul oshiriladi.

Part-time education

Shuningdek, yangi ta’lim turi — maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Part-time education nima?

Part-time education — bu darslar haftaning ma’lum kunlarida yoki kechki vaqtlarda o‘tkaziladigan o‘qish shakli. Ayniqsa, ishlayotgan yoki boshqa majburiyatlari bo‘lgan talabalar uchun juda qulay!

Kimlar uchun?

✔️ Ishlayotgan yoshlar

✔️ Oilaviy majburiyatlari borlar

✔️ Moslashuvchan o‘qish jadvalini istovchilar

 

Xususiyatlari:

▫️ Darslar haftasiga bir necha kun yoki kechki payt bo‘ladi

▫️ O‘qish muddati to‘liq shakldagidan biroz uzoqroq bo‘lishi mumkin

▫️ Mustaqil o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi

 

Afzalliklari:

✅ Ish va o‘qishni birga olib borish

✅ Tajriba orttirish imkoniyati

✅ O‘qish xarajatlarini o‘zingiz qoplash imkoniyati

✅ Moslashuvchan vaqt va sharoit