30-yanvar kuni Qibray politexnika texnikumi o‘quvchilari AKITAga tashrif buyurdi.
Dasturiy apparat sozlivchisi DT-47-24-guruh o`quvchilari, maxsus fan o`qituvchisi A.Abdurasulova boshchiligida, o`quv amaliyotida kasbga bo`lgan qiziqishlarini yanada ko`proq o`rganishda AKITA Astrum akademiyasiga tashrif buyurdi.
O`quvchilar uchun kampus bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda universitet va uning fakultetlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. O‘quvchilar ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va kelajak kasblari haqida ko‘proq ma’lumot oldilar.