Qishloq ayollari — fidoyilik timsollari
2007-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 15-oktyabrni “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilgan. Bu sana qishloq ayollarining oila va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tirof etish ramzidir.
Mazkur sana munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi hamkorligida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida Zulfiya Zakirova haykali poyiga gulchambar qo‘yish bilan boshlandi, so‘ng Bo‘stonliq tumanidagi “Piramida” dam olish maskanida davom etdi.
Unda fermer, hunarmand, kasanachilik sohasida faol ayollar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 50 nafar faol ayolni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi, 5 nafariga esa sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar topshirildi.
Tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ham ishtirok etdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


